Live
8
O'zbek

Ensiso "Ipsvich"ga qaytdi

Futbol
17 avgust, 12:26
APLga qaytgan klub Paragvay milliy jamoasi a'zosini sotib oldi.
Ensiso "Ipsvich"ga qaytdi
Foto: Ipswich Town

"Ipsvich" "Strasburg" klubining hujumkor yarim himoyachisi Xulio Ensisoni o'z safiga qo'shib oldi.

Paragvay milliy jamoasining 22 yoshli futbolchisi APLga qaytgan klub bilan 2031 yil yoziga qadar mo'ljallangan shartnoma imzoladi.

Ensiso 2024/25 yilgi mavsumning ikkinchi yarmida "Ipsvich"da ijarada o'ynagandi.

The Athletic ma'lumotiga ko'ra, fransuz klubi ushbu transferdan 30 million yevrogacha daromad oladi. Bitimga bonuslar va futbolchining keyingi sotuvdan foiz olish sharti ham kiritilgan.

Ensiso o'tgan mavsumda Liga 1da 27 ta o'yinda 3 ta gol urgani va 9 ta assist qayd etgani ma'lum. 2026 yilgi Jahon chempionatida esa Xulio 5 ta bahsda 1 ta gol va 2 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Ipsvich Ipsvich
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar