"Borussiya" Dortmund PAOK klubidan Ioannis Konstanteliasni o'z safiga qo'shib olganini e'lon qildi.
23 yoshli yarimhimoyachi nemis klubi bilan 2031 yil iyun oyiga qadar mo'ljallangan shartnoma imzoladi.
Avvalroq transfer qiymati 26+6 million yevroni tashkil etishi, shuningdek, PAOK futbolchining kelajakdagi sotuvlaridan 15 foiz ulush olishi haqida xabar berilgandi.
Konstantelias o'tgan mavsumda Gretsiya chempionatida 24 o'yinda 8 ta gol va 2 ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ygan.
"Borussiya D" Konstanteliasni o'z safiga qo'shib oldi
Futbol
17 avgust, 12:46
23 yoshli yarimhimoyachi faoliyatini Bundesligada davom ettiradi.
Foto: Borussia Dortmund