«Maynts» Avstriya milliy jamoasi himoyachisi Shtefan Poshnni «Komo»dan sotib oldi.
Florian Plettenberg ma'lumotiga koʻra, nemis klubi 29 yoshli futbolchi uchun taxminan 4 million yevro toʻlagan.
Posh 2025/26 mavsumning ikkinchi yarmida Bundesliga klubi safida ijara asosida oʻynab, 16 ta bahsda ta sariq kartochka olgandi. U faoliyati davomida «Atalanta», «Bolonya» va «Hoffenhaym» jamoalarida ham toʻp tepgan.
Himoyachi 2026 yildagi Jahon chempionatida 4 ta bellashuvda ishtirok etdi. U mundilda jagʻi singan holda ham oʻynadi va 2 ta sariq kartochka oldi.
«Komo» Avstriya milliy jamoasi himoyachisini «Maynts»ga sotdi
Futbol
13 avgust, 22:55
Posh toʻliq Bundesliga klubi aʼzosiga aylandi.
Foto: FC Mainz