«Komo» yarimhimoyachisi Niko Pas hozircha «Real»ga qaytishni rejalashtirmayapti. Bu haqda The Athletic nashri xabar bermoqda.
Italiya klubi 2024-yilda argentinalik futbolchini «Real»dan 6 million yevro evaziga sotib olgan. Shartnomaga keyingi uchta yozgi transfer oynasi davomida amal qiladigan qayta sotib olish bandlari kiritilgan bo‘lib, ularning qiymati mos ravishda 8, 9 va 10 million yevroni tashkil etgan. Iyun oyida shartlar qayta ko‘rib chiqildi: «Komo» «Real»ga 60 million yevro to‘lash majburiyatini oldi, futbolchini qayta sotib olish qiymati esa 80 million yevroga oshirildi. Shu bilan birga, ushbu imkoniyatdan faqat 2027-yilda foydalanish mumkin bo‘ladi.
Vaziyatdan xabardor, ammo ismini oshkor qilishni istamagan manbalarning ma’lum qilishicha, ayni paytda Pasning o‘zi «Real»ga qaytishga unchalik qiziqish bildirmayapti. Agar unga jamoada muhim o‘rin va asosiy rol kafolatlansa, futbolchining pozitsiyasi o‘zgarishi mumkin. Biroq hozircha unga bunday kafolat berilmagan.
Manbalarning so‘zlariga ko‘ra, agar «Real» futbolchini qayta sotib olish huquqidan foydalanmaslikka qaror qilsa, «Komo» Pasni umumiy tartibda boshqa klubga sotishi mumkin. Biroq hozirgacha biror klub 2025-yildagi «Tottenhem» kabi futbolchiga jiddiy qiziqish bildirmagan. Buning sabablaridan biri — Pasni qayta sotib olishga oid o‘ziga xos shartlardir.
Bu mavsumda Niko «Komo» klubi va Argentina milliy jamoasi safida barcha musobaqalarda jami 11 ta gol urdi.
Pas «Real»ga qaytishni xohlamayapti
Futbol
27 noyabr, 03:55
45
Yarimhimoyachi Madrid klubida asosiy tarkib kafolatlansagina, qaytishi mumkin.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi