Live
3
O'zbek

Fabregas: «Chempionlar ligasida eng kichik xato ham qimmatga tushishi mumkin»

Futbol
25 noyabr, 00:10
«Komo» bosh murabbiyi jamoasidagi kadrlar muammosi va AEK ustidan qozonilgan g‘alaba haqida gapirdi.
Fabregas: «Chempionlar ligasida eng kichik xato ham qimmatga tushishi mumkin»
Foto: Getty Images
24.11.2026 FT Chempionlar ligasi Komo Komo 1 : 0 AEK Athens AEK Athens

Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 5-turida «Komo» o‘z maydonida Gretsiyaning AEK klubini 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Bahsdan keyin italiyaliklar bosh murabbiyi Sesk Fabregas jamoaning imkoniyatlari va tarkibdagi yo‘qotishlarga to‘xtaldi.

«Chempionlar ligasining saviyasi shu qadar yuqoriki, eng kichik xato ham qimmatga tushishi mumkin. Bugun jarohatlar va UEFAning ariza cheklovlari sabab sakkiz nafar futbolchimiz safda bo‘lmadi. Tarkibimiz haqiqatan ham unchalik keng emas. Murabbiylik faoliyatimda ilk bor atigi uchta almashtirish amalga oshirgan bo‘lsam kerak.

Jamoaning xarakteri, kayfiyati va g‘alabaga bo‘lgan intilishi menga yoqdi. Albatta, doimo ishlashimiz kerak bo‘lgan jihatlar bor, ammo futbolchilarimizning yondashuvi menda yaxshi taassurot qoldirdi», — dedi Fabregas.

Ma'lumot uchun, AEK ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng «Komo» 12 ochko bilan Chempionlar ligasi umumiy bosqichi turnir jadvalida 3-o‘rinni egallab turibdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Komo Komo
  • AEK Athens AEK Athens
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Bugungi yangiliklar