UFC’ning yarim o'rta vazn (77 kg gacha) bo'yicha amaldagi chempioni, rossiyalik Islom Maxachev o'rta vazn (84 kg gacha) toifasida keyingi chempion asli dog'istonlik sanalgan, Fransiya fuqaroligini olgan Nassurdin Imavov bo'lishiga ishonch bildirdi.
"Fransiyalik muxlislar, qo'llab-quvvatlayotganingiz uchun rahmat. Tez orada sizda yangi chempion paydo bo'ladi: Nassurdin Imavov", — dedi Maxachev RMC Sport portaliga bergan intervyusida.
Ayni paytda Maxachev UFC’da ketma-ket 17 ta g'alabaga erishdi. Rossiyalik jangchining professional rekordida jami 29 ta g'alaba va 1 ta mag'lubiyat bor.
Imavovning professional rekordida esa 17 ta g'alaba mavjud bo'lib, ularning 7 tasida raqibini nokautga uchratgan. Shuningdek, uning hisobida 4 ta mag'lubiyat bor, yana 1 ta jangi o'tkazilmagan deb topilgan.
"Fransiyalik muxlislar, tez orada sizlarda yangi chempion bo'ladi" — Maxachev o'rta vaznning keyingi g'olibini aytdi
MMA
17 avgust, 11:47
Rossiyalik chempion bu borada asli dog'istonlik bo'lgan jangchini e'tirof etdi.
Foto: Getty Images