Jon Lukumi rasmiy ravishda «Yuventus»ning yangi futbolchisiga aylandi.
28 yoshli himoyachi 2030 yil 30 iyunga qadar amal qiladigan shartnomani imzoladi.
Avvalroq Turin klubi «Bolonya» bilan bonuslarni hisobga olganda taxminan 20 million yevro miqdoridagi transfer bo‘yicha muzokara olib borayotgani xabar qilingandi.
Kolumbiyalik futbolchi so‘nggi to‘rt mavsumni «Bolonya»da o‘tkazdi. U jamoa safida 152 ta bahsda maydonga tushdi va Chempionlar ligasida debyut qildi. Lukumining sobiq klubi safida urgan ikki golidan biri aynan Chempionlar ligasiga to‘g‘ri keladi.
Lukumi o‘tgan mavsumda A Seriyada 29 ta o‘yinda ishtirok etib, 1 ta gol urg‘an.
«Yuventus» Kolumbiya milliy jamoasi himoyachisini sotib oldi
Futbol
17 avgust, 10:58
28 yoshli Lukumi «Bolonya»dan transfer qilindi.
Foto: Juventus FC