Italiya A Seriyasining avgust-sentabr oylari yakunlari bo‘yicha eng yaxshi futbolchi aniqlandi. Ushbu sovrin «Roma» hujumchisi Donyell Malenga nasib etdi.
Niderlandiyalik futbolchi Italiya chempionatining o‘tgan besh turida 6 ta gol urdi. Malen «Fiorentina»ga qarshi bahsda het-trik qayd etgan bo‘lsa, «Lecce» darvozasiga 2 ta va «Torino»ga qarshi uchrashuvda 1 ta gol urdi.
Donyell o‘z sovrinini 17-oktabr kuni «Roma» va «Jenoa» o‘rtasidagi uchrashuv oldidan qabul qilib oladi.
Ma’lumot uchun, A Seriyaning dastlabki besh turidan so‘ng «Roma» 13 ochko bilan «Inter» va «Latsio» bilan birgalikda turnir jadvali yuqori qismida bormoqda.
«Bo‘rilar» chempionatdagi navbatdagi uchrashuvini 11-oktabr kuni safarda «Como»ga qarshi o‘tkazadi.
Malen esa «Aston Villa» jamoasidan Rim klubiga ijara asosida kelib qo‘shilgandi. Keyinchalik italiyaliklar uning transfer huquqlarini to‘liq sotib oldi.