Liga 1dan tashqari barcha top-ligalar FIFA rahbariyatida islohotlar o‘tkazishga chaqiruvchi bayonotga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Sky News ma’lumotlariga ko‘ra, juma kuni Angliya Premer-ligasi, Bundesliga, La Liga va A Seriya xalqaro futbol federatsiyasida islohotlar o‘tkazishga chaqiruvchi qo‘shma bayonot e’lon qiladi. Buning maqsadi — «yanada mustaqil nazoratni ta’minlash va manfaatdor tomonlarga, jumladan, ligalarga qaror qabul qilish jarayonida muhim rol berish».
Ayni paytda ushbu milliy chempionatlar FIFA rahbari Janni Infantinoning iste’fosini talab qiladimi-yo‘qmi, noma’lum.
Ta’kidlanishicha, top-ligalarning bunday pozitsiyasi FIFAning milliy jamoalar taqvimiga oid siyosati bilan bog‘liq. O‘yinlar sonining ko‘payishi va milliy jamoalar musobaqalarining kengaytirilishi ehtimoli yetakchi ligalarda xavotir uyg‘otmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yil noyabr oyida FIFPro, Yevropa klublar assotsiatsiyasi va La Liga FIFAga qarshi Yevropa Komissiyasiga qo‘shma shikoyat taqdim etgandi.
Fransiyadan boshqa barcha top-ligalar FIFA'da islohotlar bo‘lishini talab qiladi
Futbol
25 sentabr, 02:30
2
Bugun 4 ta liga birgalikda qo‘shma bayonot e’lon qilishi kutilmoqda.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi