«Napoli» «Arsenal» bilan braziliyalik vinger Gabriel Martinellini transfer qilish ehtimoli bo‘yicha muzokaralarni boshladi. Tomonlar o‘rtasida aloqalar allaqachon o‘rnatilgan, deb xabar bermoqda CaughtOffside.
25 yoshli futbolchi avvalroq «Galatasaroy» klubiga o‘tish taklifini rad etgandi. Turkiya klubi Gabi uchun taxminan 45 million yevro taklif qilgan, ammo vinger faoliyatini Turkiyada davom ettirishga qiziqish bildirmagan.
Shunga qaramay, «Arsenal» Martinellini sotish variantini ko‘rib chiqishga tayyor. Biroq buning uchun klub hujumning chap qanotiga yangi futbolchi topishi kerak. «Tshpchilar» bosh murabbiyi Mikel Arteta katta tarkibni yo‘qotishni istamayapti. Shu sababli braziliyalikning jamoadan ketishi yangi futbolchi sotib olinishi bilan bevosita bog‘liq.
«Napoli» Martinelliga qiziqish bildirmayotgan yagona klub emas. Italiya OAV ma'lumotlariga ko‘ra, «Roma» ham uni ehtimoliy transfer maqsadi sifatida ko‘rib chiqmoqda. Avvalroq futbolchining «Yuventus»ga o‘tishi mumkinligi haqida ham xabarlar tarqalgan edi.
Martinellining «Arsenal» bilan shartnomasi 2027 yil yoziga qadar amal qiladi va unda kelishuvni yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati mavjud. Vinger 2019 yildan buyon «to‘pchilar» safida o‘ynab kelmoqda. Shu vaqt davomida u barcha musobaqalarda 278 ta o‘yinda ishtirok etib, 62 ta gol urgani va 36 ta golli uzatmani amalga oshirgani ma'lum. Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko‘ra, futbolchining hozirgi qiymati 45 million yevroni tashkil qiladi.
«Napoli» Martinelli transferi borasida «Arsenal» bilan muzokaralarni boshladi
Futbol
17 avgust, 11:22
Braziliyalik vingerga A Seriyaning yana ikki klubi da'vogar.
Foto: Getty Images