Live
3
O'zbek

Mareska: "Qilishingiz kerak bo'lgan ko'p ish bor"

Futbol
16 avgust, 16:33
"Man Siti" bosh murabbiyi Angliya superkubogidagi mag'lubiyatdan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
Mareska: "Qilishingiz kerak bo'lgan ko'p ish bor"
Foto: Getty Images

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Enso Mareska Angliya superkubogida “Arsenal”dan (0:3) uchralgan magʻlubiyatdan soʻng oʻz fikrlarini bildirdi.

"Menimcha, biz o'tkazib yuborgan tezkor to'p (23-soniyada), afsuski, o'yinning borishiga ta'sir qildi. Goldan keyingi reaksiyamiz ancha yaxshi bo'ldi. Ular ikkinchi golni urgunga qadar bizda hisobni tenglashtirish uchun uch-to'rtta imkoniyat bo'ldi. Ammo, afsuski, ikkinchi to'pni ham o'tkazib yubordik va vaziyat yanada qiyinlashdi".

Erta o'tkazib yuborilgan to'p haqida

"Bundan xafaman, chunki bunday o'yinlarda jamoalar darajasi juda yaqin bo'ladi. Shuning uchun to'p o'tkazib yuborsangiz, o'yinga qaytish qiyinlashadi. Ammo, menimcha, birinchi goldan keyin biz ancha yaxshi harakat qildik va vaziyatlar yaratdik. Biroq yana bir bor aytaman, 0:2 hisobida o'yin yanada qiyinlashdi".

"Siti"ning umumiy o'yini haqida

"Birinchi goldan keyin men jamoaning harakatlaridan ancha mamnun edim, chunki boshqa to'p o'tkazib yubormadik va hisobni tenglashtirish uchun uch-to'rtta imkoniyat yaratdik. Ammo, afsuski, ikkinchi gol yuzaga keldi. Bu — xato, lekin mavsum endigina boshlandi. Kelasi yakshanba kuni Premer-liga boshlanadi va endi diqqatimizni shunga qaratishimiz kerak".

Jamoa nima qilishi kerakligi haqida

"Bizda hali ko'p ish bor. Mavsum endi boshlandi, shuning uchun yaxshilashimiz kerak bo'lgan ko'plab jihatlar mavjud. Hatto o'yinlarda g'alaba qozonganimizda ham yanada yaxshiroq bajarishimiz kerak bo'lgan ishlar bor", — dedi italiyalik mutaxassis BBC Radio 5 Live efirida.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Arsenal Arsenal
  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Angliya Superkubogi Angliya Superkubogi
Bugungi yangiliklar