"Barselona" Rodri transferi bo'yicha "Manchester Siti" bilan kelishuvga erishdi.
Insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, "shaharliklar" kataloniyaliklarning so'nggi taklifini qabul qilgan.
Avvalroq "Barsa" ispaniyalik 30 yoshli yarimhimoyachi uchun 60+10 million yevro taklif qilgani haqida xabar berilgandi.
Rodri 2019/2020 yilgi mavsumdan buyon "Manchester Siti" safida to'p tepib kelayotgan edi. U o'tgan mavsumda Angliya Premyer-ligasida 21 o'yinda 1 ta gol urgandi.
"Oltin to'p" sohibi faoliyati davomida Jahon chempionati, Yevropa chempionati, APL, YCHL, Angliya kubogi, Liga kubogi, Angliya superkubogi, UEFA superkubogi, klublar o'rtasidagi jahon chempionati kabi turnirlarda zafar quchgan.
Rodri — "Barselona" futbolchisi (Romano)
Futbol
16 avgust, 14:40
Insayder ispaniyalik yarimhimoyachining Kataloniya klubiga transferi hal bo'lganini ma'lum qildi.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi