Live
12
O'zbek

Og'ir atletika. O'zbekiston yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatini 51 ta medal bilan yakunlashdi

Boshqa sportlar
16 avgust, 12:55
Mezbonlar 4 yo'nalishda umumjamoa hisobida birinchi bo'lishdi.
Og'ir atletika. O'zbekiston yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatini 51 ta medal bilan yakunlashdi
Foto: Olympic uz

«Olimpiya shaharchasi» mezbonlik qilgan og'ir atletika bo'yicha o'smirlar va yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati o'z yakuniga yetdi.

Musobaqaning so'nggi kunida yigitlar o'rtasida eng og'ir vazn toifasida medallar o'ynaldi. Unda yoshlar o'rtasida +110 kg vazn toifasida ishtirok etgan o'zbekistonlik Omadillo Olimov siltab ko'tarish va ikki kurash yo'nalishlarda oltin medallarga egalik qildi.

Shu tariqa 8 kun davom etgan bellashuvlarda o'zbekistonlik yosh atletlar quyidagicha medallarni qo'lga kiritishdi:

Yoshlar toifasida:
7 ta oltin 🥇
10 ta kumush🥈
6 ta bronza 🥉
Jami: 23 ta

O'smirlar toifasida:
6 ta oltin 🥇
8 ta kumush 🥈
14 ta bronza 🥉
Jami: 28 ta

Shuningdek, o'zbekistonlik sportchilar quyidagi 4 yo'nalishda umumjamoa hisobida birinchi bo'lishdi:
— Yoshlar toifasidagi umumiy ochkolar jamg'arish;
— Yosh qizlar toifasidagi ochkolar jamg'arish;
— O'smirlar toifasidagi umumiy ochkolar jamg'arish;
— O'smir yigitlar toifasidagi ochkolar jamg'arish.

Bugungi yangiliklar