Live
9
O'zbek

Bernal «Barselona» bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin

Futbol
16 avgust, 12:00
19 yoshli yarimhimoyachi kataloniyaliklar bilan 2031 yilgacha mo‘ljallangan yangi kelishuv imzolashi mumkin.
Bernal «Barselona» bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin
Foto: Getty Images

«Barselona» yarimhimoyachisi Mark Bernal klub bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin. Bu haqda taniqli insayder Nikolo Skira xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 19 yoshli futbolchining yangi shartnomasi 2031 yilgacha amal qiladi. Bernalning amaldagi kelishuvi esa 2029 yilgacha mo‘ljallangan.

«Barselona» akademiyasi tarbiyalanuvchisi o‘tgan mavsum barcha turnirlarda 33 ta bahsda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, Bernalning bozor qiymati 30 million yevroga baholanmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
Bugungi yangiliklar