Angliya superkubogi uchun kechgan bahsda APL chempioni “Arsenal” mamlakat kubogi sohibi “Manchester Siti”ga javobsiz 3 ta gol urib, ishonchli g'alabaga erishdi va 18-bor ushbu turnirda zafar quchdi.
Shu tariqa Entso Mareskaning “shaharliklar” bosh murabbiyligidagi rasmiy debyuti muvaffaqiyatsiz bo'ldi. Manchesterliklar safida O'zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov to'liq harakat qildi.
Angliya superkubogi
Arsenal — Manchester Siti 3:0
16 avgust, “Uembrli”
Gollar: Kalafiori (1), Havertz (28), Edegor (48).
Arsenal — Raya, Uayt, Moskera, Gabriel, Kalafiori (Hinkapi, 60), Gimaraes, (Rays, 46), Lyuis-Skelli (Subimendi, 75), Madueke (Saka, 60), Edegor (Eze, 84), Solis, Havertz (Gokeresh, 75).
Manchester Siti — Donnarumma, Husanov, Diash, Gvardiol, O'Rayli (Gehi, 54), Anderson (Lyuis, 60), Kovachich (Niko, 79), Semenyp, Foden (Sherki, 60), Doku (Grilish, 46), Holand (Marmush, 54).
Ogohlantirishlar: Foden (24), Kalafiori (38), Gvardiol (53), Edegor (84).
“Arsenal” “Siti”ni yirik hisobda yengib, 18-bor Angliya superkubogini qo'lga kiritdi
Futbol
16 avgust, 11:58
Mareskaning debyuti muvaffaqiyatsiz bo'ldi, Husonov to'liq o'ynadi.
Foto: Arsenal
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi