«Arsenal» himoyachisi «Manchester Siti»ga qarshi Angliya Superkubogi bahsida hisobni ochdi.
Italiyalik futbolchi uchrashuv boshlanganidan atigi 23 soniya o‘tib raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Ayrim manbalarda gol vaqti 24 soniya sifatida qayd etilgan.
Shu tariqa Kalafiori Angliya Superkubogining butun tarixidagi eng tezkor gol muallifiga aylandi.
Avvalgi rekord 1968 yilgi «Manchester Siti» — «Vest Bromvich» uchrashuvida qayd etilgan. O‘sha bahsda «Siti» hujumchisi Bobbi Ouen ilk daqiqada gol urgan. «Manchester Siti»ning rasmiy sayti ham Ouen o‘sha uchrashuvda dubl qayd etganini tasdiqlaydi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi