Faoliyatini yakunlagan italiyalik hujumchi Chiro Immobile yaqin kelajakda murabbiylik kasbini o'rganishni boshlashini ma'lum qildi.
«Men doimo, avvalo, o'zimga nisbatan halol va ochiq bo'lganman. Tanamdan «qo'lingdan kelmaydi» degan signal olganim zahoti faoliyatimni yakunlashimni doimo o'zimga aytganman.
Har doim eng yuqori darajada bo'lishning iloji yo'q. Endi avvalgiday bo'la olmaydigan vaqtim kelganini his qildim.
Hozir oilam bilan ko'proq vaqt o'tkazishim, shuningdek, murabbiylik kasbini o'rganishni boshlashim mumkin», — deya Immobilening so'zlarini keltiradi cittaceleste.it.
Avvalroq Chiro 36 yoshida futbolchilik faoliyatini yakunlaganini ma'lum qilgandi.