Live
1
O'zbek

Immobile 36 yoshida futbolchilik faoliyatini yakunladi

Futbol
14 avgust, 15:14
Chiro faoliyati davomida 650dan ortiq o'yinda ishtirok etib, 320 dan ziyod gol urdi.
Immobile 36 yoshida futbolchilik faoliyatini yakunladi
Фото: Getty Images

Italiyalik hujumchi Chiro Immobile 36 yoshida professional futbolchilik faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi. Bu haqda «Parij» klubining rasmiy sayti xabar berdi.

Klub bayonotida ta'kidlanishicha, Immobile 17 yillik professional faoliyatidan so'ng futbolni tark etishga qaror qilgan. Italiyalik hujumchi endi vaqtini asosan oilasi va yaqinlariga bag'ishlashni xohlamoqda.

«Immobile va «Parij» futbol klubi italiyalik hujumchining professional futbolchilik faoliyatini yakunlash qarorini ma'lum qiladi. Futbolchi 17 yillik professional faoliyatidan keyin vaqtini ko'proq yaqinlariga bag'ishlash istagini bildirdi», — deyiladi klub bayonotida.

O‘tgan mavsumda Immobile «Parij» safida 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma amalga oshirdi. Chiro faoliyati davomida 650 dan ortiq o‘yinda ishtirok etib, 320 dan ziyod gol urdi.

U turli yillarda «Yuventus», «Latsio», «Beshiktoş», «Borussiya D», «Sevilya» va boshqa klublar sharafini himoya qildi.

Bugungi yangiliklar