Bugun
29
O'zbek

“Atletiko” mavsumoldi yig‘inida kimlarni maydonga tushirdi?

Futbol
14 avgust, 16:22
Madridliklar “Marsel”ni mag‘lub etib, yangi mavsum oldidagi so‘nggi o‘yinini o‘tkazdi.
“Atletiko” mavsumoldi yig‘inida kimlarni maydonga tushirdi?
Foto: Atletico de Madrid

“Atletiko” mavsumoldi tayyorgarligidagi so‘nggi o‘rtoqlik uchrashuvida “Marsel”ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Diego Simeone shogirdlari Fransiyadagi bahsda bir qator futbolchilarini sinab ko‘rdi va yangi mavsum oldidan muhim xulosalar chiqardi.

Madridliklar tarkibida bir qator asosiy futbolchilar hali mavsumoldi o‘yinlarida maydonga tushmadi. Xulian Alvares, Aleksandr Baena, Markos Llorente va Xuan Musso terma jamoa ishtirokidan keyin hali mashg‘ulotlarga qo‘shilmagan. Jarohat olgan Aleksandr Syorlot ham “Marsel”ga qarshi bahsda ishtirok etmadi.

Uchrashuvda “Atletiko” dastlab raqib hujumchisi Payshaoning golidan keyin ortda qoldi. Madridliklar himoyada xatoga yo‘l qo‘yib, braziliyalik futbolchiga qulay imkoniyat yaratib berdi.

Biroq keyin jamoa o‘yinni nazorat qila boshladi. Ademola Lukmanning pressingda to‘pni olib qo‘yishidan keyin Mendosa hisobni tenglashtirdi. Ikkinchi bo‘limda esa “Atletiko” g‘alaba golini urdi.

Etiborlisi, hal qiluvchi hujumni klub akademiyasi tarbiyalanuvchilari tashkil qildi. Xorxe Kastilio Arnauga to‘p uzatdi, u esa qulay vaziyatda Karlos Martinga pas berdi. Hujumchi to‘pni darvozaga joylab, “Atletiko”ga g‘alaba keltirdi.

Simeone uchun uchrashuvdagi eng yaxshi jihatlardan biri Pablo Barriosning o‘yini bo‘ldi. Shuningdek, Kan In Li hujumlarga tezlik qo‘shdi va Lukmanga ajoyib golli uzatma berdi. Arnau esa o‘zining harakatchanligi bilan murabbiyga yangi mavsumda yana bir variant paydo bo‘lganini ko‘rsatdi.

Shu tariqa, “Atletiko” mavsumoldi tayyorgarligini ijobiy natija bilan yakunladi. Biroq Simeoneninig oldida hali vazifalar yetarlicha. Ayniqsa, jamoa to‘p nazoratini yo‘qotgan paytdagi harakatlar va himoyadagi xatolar ustida ishlash talab etiladi. Madridliklar La Ligadagi birinchi uchrashuvini 17 avgust kuni “Malaga”ga qarshi o‘tkazadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Atletico Madrid Atletico Madrid
  • Marseille Marseille
Bugungi yangiliklar