Madridning «Real» klubi forvardi Kilian Mbappe jamoa bosh murabbiyi Joze Mourinio haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Maqsadimiz bir - g‘alaba qozonish. Mouriniodek murabbiy bilan birga ishlash bu juda zo‘r. U qanday qilib g‘alaba qozonish mumkinligini yaxshi biladi, - deya Mbappe so‘zlaridan iqtibos keltirdi jurnalist Fabritsio Romano.
Avvalroq forvard madridliklar yangi mavsumda sovrinlar qo‘lga kirita olishiga ishonishi haqida gapirgandi.
Eslatib o‘tamiz, Mourinio shu yozda «Real»ga qaytdi. Portugaliyalik APLga yo‘l olgan Alvaro Arbeloaning o‘rnini egalladi. «Real» yangi mavsumdagi ilk o‘yinini 22-avgust kuni safarda «Espanyol»ga qarshi Ispaniya chempionati 1-turi doirasida o‘tkazadi.