Live
1
O'zbek

O'rtoqlik o'yini. "Atletiko" Fransiyada "Marsel"ni mag'lub etdi

Futbol
14 avgust, 16:05
Jamoalar mavsumoldidan so'nggi o'rtoqlik bahsida maydonga tushdi.
O'rtoqlik o'yini. "Atletiko" Fransiyada "Marsel"ni mag'lub etdi
Фото: Getty Images

"Atletiko" klubi Fransiyada "Marsel"ga qarshi o'rtoqlik bellashuvida maydonga tushdi. Unda "matraschilar" 2:1 hisobida g'alaba qozondi.

Dastlab 22-daqiqada mezbonlar safida Igor Payshao hisobni ochdi. 39-daqiqaga kelib Rodrigo Mendosa muvozanatni tikladi. 78-daqiqada esa madridliklar hujumchisi Carlos Martin gol urib, "Atletiko"ga g'alaba keltirdi.

Bu bellashuvda Xulian Alvares "matraschilar"ning qaydnomasiга ham kiritilmadi.

Ma'lumot uchun, La Liganing 1-turnida Diego Simeone jamoasi 19-avgust kuni "Malaga"ga qarshi maydonga tushadi. "Marsel" esa 21-avgust kuni "Strasburg" bilan bellashadi.

O'rtoqlik o'yini
Marsel – Atletiko 1:2
Gollar:
Payshao 22 – Mendosa 39, Martin 78.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Marseille Marseille
  • Atletico Madrid Atletico Madrid
  • Klub o‘rtoqlik o‘yinlari Klub o‘rtoqlik o‘yinlari
Yangi muhokama

Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring

Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar