«Real» hujumchisi Kilian Mbappe yangi mavsum oldidan jamoaning maqsadlari haqida fikr bildirdi.
«Mavsumoldi tayyorgarlikning ilk kunlaridan oʻzini toʻliq namoyon etishga harakat qilyapman. Hozir qattiq mehnat qilish kerak boʻlgan davr. Rasmiy uchrashuvlar boshlanganidan keyin esa yuklamani toʻgʻri taqsimlashimizga toʻgʻri keladi. Ayni paytda bor kuchimizni ishga solib, oʻyin ritmini his qilishimiz va chempionatdagi birinchi uchrashuvga yaxshi tayyorlanishimiz kerak.
Biz gʻalaba qozonishimiz shart. Ishonamanki, bu mavsumda yana sovrinlarni qoʻlga kiritishga qaytamiz. Biz aynan shuni xohlaymiz va shunday boʻladi.
Jamoaning bunga jiddiy tayyorgarlik koʻrayotganini his qilyapman. Butun mavsum davomida muxlislarimizni xursand qilish uchun bor e’tiborimizni shu maqsadga qaratamiz.
Jamoa bilan birgalikda sovrinlarni qo'lga kiritish va muxlislarni xursand qilishdan muhimroq narsa yoʻq», — deya Mbappening soʻzlaridan keltiradi klub rasmiy sayti.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi