Live
18
O'zbek

Rodri «Manchester Siti»dan ketishini so‘radi, «Barselona» yakuniy taklif tayyorlamoqda

Futbol
13 avgust, 12:10
Kataloniya klubi transfer uchun 65 million yevro va yana 10 million yevro bonus taklif qilishi mumkin.
Rodri «Manchester Siti»dan ketishini so‘radi, «Barselona» yakuniy taklif tayyorlamoqda
Foto: Getty Images

«Barselona» «Manchester Siti» yarimhimoyachisi Rodri transferi bo‘yicha yakuniy taklifni tayyorlamoqda. Ispaniyalik futbolchi esa Manchester klubidan transferiga to‘sqinlik qilmaslikni so‘ragan.

Ispaniyaning Sport nashri xabariga ko‘ra, Rodri «Manchester Siti» rahbariyatiga klubni tark etishini osonlashtirishni so‘ragan. 30 yoshli yarimhimoyachining bu pozitsiyasi transfer bo‘yicha muzokaralarda hal qiluvchi ahamiyat kasb etishi mumkin.

Muzokaralarga yaqin manbalar ma’lumotiga ko‘ra, «Barselona» taklifini 65 million yevrogacha oshirishi mumkin. Shuningdek, bitimda yana 10 million yevro bonuslar ko‘rinishida ko‘zda tutiladi. Ushbu summaning 5 million yevrosi osonlik bilan qo‘lga kiritiladigan bonuslardan iborat bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, Rodri 2024 yilda «Oltin to‘p» sovrinini qo‘lga kiritgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Real Madrid Real Madrid
  • Manchester Siti Manchester Siti
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

10+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar