Live
22
O'zbek

«Beshiktosh» Vlahovichning maoshini ma’lum qildi

Futbol
13 avgust, 12:30
Serbiyalik hujumchi turk klubi bilan uch yillik shartnoma imzoladi.
«Beshiktosh» Vlahovichning maoshini ma’lum qildi
Foto: Getty Images

«Beshiktosh» hujumchi Dushan Vlahovich bilan shartnoma imzolanganini rasman e’lon qildi. 26 yoshli serbiyalik futbolchi Turkiya klubiga erkin agent sifatida qo‘shildi.

Klub bayonotiga ko‘ra, Vlahovichning «Beshiktosh»dagi shartnomasi uch mavsumga mo‘ljallangan. Futbolchining kafolatlangan yillik maoshi 7,5 million yevroni tashkil qiladi.

Ma’lumot uchun, Vlahovich faoliyati davomida «Partizan», «Fiorentina» va «Yuventus» klublari safida to‘p tepgan.

Eslatib o‘tamiz, «Beshiktosh» bugun, 13 avgust kuni Yevropa ligasi saralash bosqichi doirasida o‘z maydonida «Gradeеы Kralove»ga qarshi bahs o‘tkazadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Besiktas Besiktas
Bugungi yangiliklar