Hujumchi Dushan Vlahovich erkin agent sifatida «Beshiktosh»ga o‘tish arafasida. Bu haqda italiyalik jurnalist Nikolo Skira X tarmog‘idagi sahifasida xabar berdi.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, tomonlar 2029-yilgacha mo‘ljallangan shartnoma bo‘yicha deyarli kelishib olgan. Serbiyalik hujumchining maoshi bonuslarsiz yiliga 8 million yevroni tashkil etadi. Shuningdek, Vlahovich shartnoma imzolagani uchun katta bonus oladi.
Muzokaralarda «Beshiktosh» bosh murabbiyi Vinchenso Italiano asosiy rol o‘ynamoqda. Turkiya klubi kelishuvni muvaffaqiyatli yakunlashiga ishonchi komil.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vlahovich Saudiya Arabistonidan tushgan taklifni rad etgandi.
Ma’lumot uchun, 2025/2026-yilgi mavsumda Vlahovich barcha musobaqalarda 23 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt portali hujumchining aktual transfer narxini 35 million yevroga baholamoqda.