Live
2
O'zbek

Simeone: «Atletiko»ning himoyada yana ishonchli o‘ynashini istayman»

Futbol
11 avgust, 05:57
Madridliklar bosh murabbiyi jamoaning himoyadagi o‘yini haqida fikrlarini bildirib o‘tdi.
Simeone: «Atletiko»ning himoyada yana ishonchli o‘ynashini istayman»
Foto: Getty Images

Madridning «Atletiko» klubi bosh murabbiyi Diyego Simeone jamoaning himoyadagi o‘yini haqida fikr bildirdi.

«Jamoamizning himoyada yana ishonchliroq o‘ynashini istayman. O‘tgan mavsumda, ayniqsa, Chempionlar Ligasida juda yomon himoyalandik. Ko‘p hujum qilganimiz va yarimfinalga chiqqanimizga qaramay, buni hech kim qadrlamaydi. Nima uchun? Chunki «Atletiko»ning obro‘si shunaqa», — deya Simeonening so‘zlaridan iqtibos keltiradi France Football.

Argentinalik mutaxassis, shuningdek, yarimhimoyachilardan ham ko‘proq gol kutishini qo‘shimcha qildi.

Ma’lumot uchun, «Atletiko» Ispaniya La Ligasining yangi mavsumini o‘z uyida «Malaga»ga qarshi o‘yin bilan boshlaydi. Uchrashuv 19-avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:59da start oladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Atletico Madrid Atletico Madrid
Bugungi yangiliklar