Yevropaning ikki yirik klubi yozgi transfer oynasida «Bavariya» hujumchisi Harri Keyn atrofidagi vaziyatni kuzatib bormoqda. Bu haqda TEAMtalk xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, «Barselona» yoz davomida Xulian Alvares bo'yicha parallel muzokaralar olib borganiga qaramay, Keynning atrofidagilar bilan munosabatlarini saqlab kelmoqda.
«Tottenhem» ham angliyalik futbolchini jamoaga qaytarishdan mamnun bo'lishini bildirgan. Biroq ayni paytda futbolchining o'zi «Bavariya»dagi faoliyatiga to'liq e'tibor qaratgan.
Mish-mishlar fonida Germaniya grandi hujumchi klubga qaytganidan so'ng u bilan shartnomani uzaytirish jarayonini tezlashtirishga qaror qildi. Avvalroq Goal talqiniga ko'ra Keyn «Oltin to'p» uchun asosiy favorit ekani ma'lum qilingan edi.