«PSJ» yangi asosiy transfer maqsadi «Real» futbolchisi Arda Gülerga aylandi. Bu haqda Turkiyaning Haberler nashri ma'lum qildi.
Fransiya grandi 21 yoshli futbolchi uchun 115 million yevro miqdorida taklif yo'lladi. «Real» rahbariyati hozirda taklifni ko'rib chiqmoqda, ammo transferning amalga oshish ehtimoli past.
Madrid klubida Güler jamoaning eng istiqbolli futbolchilaridan biri sifatida baholanmoqda. Agar transfer amalga oshsa, Gülerning sobiq klubi «Fenerbahçe» ham sezilarli mablag' ishlab oladi.
Istanbul klubi futbolchining keyingi transferidan 20 foiz ulushga ega bo'lgani uchun 115 million yevrolik kelishuvdan 23 million yevro qo'lga kiritadi. Avvalroq Alonso «Chelsi»ga Gülerni olib kelmoqchi ekani ma'lum qilingan edi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi