Bugun
21
O'zbek

Aleksis Sanches faoliyatini MLSda davom ettiradi (Romano)

Futbol
10 avgust, 22:30
37 yoshli hujumchi «Monreal» bilan kelishuvga erishdi.
Aleksis Sanches faoliyatini MLSda davom ettiradi (Romano)
Foto: Fabrizio Romano (X)

Taniqli chililik futbolchi Aleksis Sanches faoliyatini MLSda davom ettiradi. Bu haqda jurnalist Fabrizio Romano xabar berdi.

37 yoshli hujumchi «Monreal» bilan kelishuvga erishdi. Futbolchi Kanada klubiga erkin agent sifatida qo'shiladi, shartnoma esa ikki yilga mo'ljallangan.

Bungacha Aleksis Ispaniyaning «Sevilya» klubida to'p tepdi va jamoada bir mavsum o'tkazdi. Hujumchi «Udineze», «Barselona», «Arsenal», «Manchester Yunayted», «Inter» va «Marsel» klublaridagi o'yinlari bilan mashhur.

Ma'lumot o'rnida, «Monreal» MLS Sharqiy konferensiyasi turnir jadvalida 18 ta turdan keyin 16 ochko bilan 14-o'rinda bormoqda. Avvalroq Sanches faoliyatini Braziliyada davom ettirishi mumkinligi ma'lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • CF Montreal CF Montreal
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar