Bugun
21
O'zbek

Rossiya va Eron oʻzaro oʻrtoqlik uchrashuvida maydonga tushishi mumkin

Futbol
11 avgust, 00:35
Hozircha ushbu oʻyin tafsilotlari ochiqlanmagan.
Rossiya va Eron oʻzaro oʻrtoqlik uchrashuvida maydonga tushishi mumkin
Foto: Getty Images

Rossiya va Eron milliy jamoalari kuzda oʻzaro oʻrtoqlik uchrashuvida maydonga tushishi mumkin. Bu haqda Eron Futbol Federatsiyasi rahbari Mehdi Toj gapirib oʻtdi.

Hozircha ushbu oʻyin tafsilotlari ochiqlanmagan. Toj faqatgina Eron milliy jamoasi Yevropaning ikki jamoasi hamda Osiyoning bir vakili bilan oʻynashini aytib oʻtgan. Rossiya Futbol Ittifoqidan hozircha bu masala boʻyicha rasmiy ma'lumot berilmagan.

Eslatib oʻtamiz, ayni paytda Rossiya milliy jamoasi 2022 yildan buyon siyosiy sabablarga koʻra qoʻllanilgan sanksiyalar tufayli faqat oʻrtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etishga majbur boʻlmoqda.

Avvalroq Oʻzbekiston Rossiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazishi mumkinligi ma'lum qilingan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Rossiya Rossiya
  • Eron Eron
Bugungi yangiliklar