O'zbekiston milliy jamoasi Rossiya milliy jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ivan Karpov xabar berdi.
UEFA va FIFAning Rossiyaga nisbatan sanksiyalari hamon amalda va mamlakat milliy jamoasi hozircha faqat o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushishi mumkin. Kuzda Valeriy Karpin boshchiligidagi jamoa bir qator o'yinlar o'tkazishi kerak.
Qayd etilishicha, rossiyaliklarning raqiblaridan biri O'zbekiston milliy jamoasi bo'lishi mumkin. Rossiya futbol ittifoqi (RFS) o'zbekistonliklar bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazish bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.
Ma'lumot o'rnida, bu yozda O'zbekiston milliy jamoasi tarixda ilk bor 2026 yildagi jahon chempionatida ishtirok etdi. Jamoa o'z guruhida so'nggi o'rinni egallab, Kolumbiya (1:3), Portugaliya (0:5) va Kongo DRga (1:3) mag'lub bo'ldi.
Shuningdek, FIFA reytingida Rossiya milliy jamoasi 35-o'rinda, O'zbekiston milliy jamoasi esa 60-o'rinda bormoqda. Avvalroq O'FA terma jamoalar bo'limi rahbari Usmon Toshev Rossiya milliy jamoasiga qarshi o'ynashdan xursand bo'lishini aytib o'tgandi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi