Bugun
21
O'zbek

Karius: "Real"ga qarshi finaldan so'ng menga va oilamga ko'plab tahdidlar bo'ldi"

Futbol
10 avgust, 23:45
"Liverpul" sobiq darvozaboni 2018 yilgi YeCHL finalidagi xotiralarni yodga oldi.
Karius: "Real"ga qarshi finaldan so'ng menga va oilamga ko'plab tahdidlar bo'ldi"
Foto: Getty Images

"Liverpul" sobiq darvozaboni Loris Karius 2018 yilgi Chempionlar Ligasi finalidagi xotiralarni yodga oldi.

Uning yo'l qo'ygan ikki qo'pol xatosi "Real"ga qarshi bahsda Mersisayd klubi uchun halokatli bo'lgan. Kariusning aytishicha, o'sha voqeadan keyin unga hatto o'lim bilan tahdidlar ham qilingan.

"Men politsiya tomonidan qo'riqlanishga majbur bo'ldim. Menga va oilamga ko'plab tahdidlar bo'ldi.

Hammasini o'qib chiqmadi, ammo ular juda ko'p edi. Bu yoqimli vaziyat bo'lmagan", — deya Kariusning so'zlarini keltiradi derbyderbyderby.it.

Eslatib o'tamiz, omadsiz o'yinlardan keyin futbolchilarning o'ldirilishi bilan bog'liq voqealar uydirma emas. Buni kolumbiyalik futbolchi Andres Eskobarning yaqinlari tasdiqlashi mumkin. Futbolchi 1994 yilgi jahon chempionatida avtogol urgandan so'ng vatanida otib o'ldirilgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Liverpul Liverpul
  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar