Kolumbiyada milliy chempionat uchrashuvlari ham to'xtatildi. Bu haqda mamlakat Futbol Federatsiyasi xabar berdi.
Bunga kuchli zilzila sodir bo'lgani sabab bo'lgan. Yer silkinishlari kuchi Riхter shkalasi bo'yicha 7,4 ballga yetgan.
Rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, hozirga qadar 100 dan ortiq kishi halok bo'lgan, qurbonlar soni hali yana oshishi mumkin. Bunday vaziyatda mamlakat milliy chempionati uchrashuvlari ham to'xtatiladi. Chempionat qachon qayta davom ettirilishi hozircha ma'lum qilinmagan.
Eslatib o'tamiz, Janubiy Amerika, ayniqsa uning g'arbiy sohilidagi seysmik nuqtai nazardan o'ta xavfli hudud hisoblanadi. Insoniyat tarixidagi eng kuchli zilzila 1960 yilda Chilida sodir bo'lgan. Ikki yil oldin esa ayni shu mamlakat futbol bo'yicha jahon chempionatiga mezbonlik qilgan.
Avvalroq Neymar Venesueladagi zilzila jabrlanuvchilari uchun 250 ming dollar xayriya qilgani ma'lum qilingandi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi