Neymar Venesueladagi kuchli zilziladan jabrlanganlarga yordam sifatida taxminan 250 ming dollar xayriya qildi. Bu haqida Lance xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, ushbu mablag' tabiiy ofat oqibatida yuzaga kelgan gumanitar inqirozni yengillashtirishga yo'naltiriladi. Xayriya puli oziq-ovqat mahsulotlarini tarqatish, ichimlik suvi bilan ta'minlash, dori-darmon xarid qilish hamda jabrlanganlar uchun vaqtinchalik boshpanalar qurishga sarflanadi.
Bu Neymarning ilk xayriya tashabbusi emas. U avval ham ijtimoiy loyihalarda faol qatnashgan.
Xususan, koronavirus pandemiyasi davrida Manaus shahri aholisini qo'llab-quvvatlash aksiyalarida ishtirok etib, sun'iy nafas oldirish apparatlari xarid qilinishiga yordam bergan edi.