«Barselona»dan ijaraga olingan «Liverpul» himoyachisi Ronald Arauxo hamyurti Luis Suares haqida fikr bildirdi.
Mashhur hujumchi «Liverpul» tarixidagi birinchi urugvaylik futbolchi bo‘lgan. U 2011 yil boshida mersisaydliklar safiga kelib qo‘shilgan.
«Urugvayda APL o‘yinlarini tomosha qilishni juda yaxshi ko‘rishadi. Albatta, bolaligimda Suaresning «Liverpul»dagi ajoyib o‘yinlarini kuzatardim.
Uning bu yerda nimaga erishganini va klub tarixida qanday iz qoldirganini barchamiz yaxshi bilamiz. Luis bilan munosabatlarim yaxshi, u bilan juda yaxshi chiqishamiz.
Yaqinda u menga xabar yozib, omad tiladi va ajoyib klubga o‘tganimni aytdi», — deya Arauxoning so‘zlarini keltiradi «Liverpul» matbuot xizmati.