Live
4
O'zbek

Iraola: "Hali ustida ishlashimiz kerak bo'lgan jihatlar ko'p"

Futbol
9 avgust, 17:02
Mersisaydliklar ustoz "Monako"ga qarshi bahs borasida fikr bildirdi.
Iraola: "Hali ustida ishlashimiz kerak bo'lgan jihatlar ko'p"
Фото: Getty Images

"Liverpul" bosh murabbiyi Andoni Iraola "Monako"ga (2:3) qarshi bahsdan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.

"Bu o'yin "Lids"ga qarshi o'tkazgan bahsimizga juda o'xshab ketdi. Birinchi taymni yaxshi o'tkazdik, ayniqsa dastlabki 30 daqiqa juda yaxshi bo'ldi. Hozircha bizga kerakli darajada o'ynash uchun kuchimiz yetarli emasga o'xshaydi. Raqib o'yinni o'z foydasiga burishga haqli edi.

Mavsumoldi tayyorgarlikdagi dastlabki ikki uchrashuvimizda g'alaba qozondik, ammo so'nggi ikki bahsda istagan darajamizni butun o'yin davomida saqlab qola olmadik. Bir nechta almashtirishlardan keyin futbolchilar charchay boshlaydi va biz yuqori darajani ushlab turishda qiynalamiz.

Shuning uchun hali ustida ishlashimiz kerak bo'lgan jihatlar ko'p," — deya Iraolaning so'zlaridan keltiradi klub rasmiy sayti.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Liverpul Liverpul
Bugungi yangiliklar