Live
2
O'zbek

"Beshiktosh" Gallaherni ijaraga olmoqchi

Futbol
9 avgust, 16:18
Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2031 yil yozigacha mo'ljallangan.
"Beshiktosh" Gallaherni ijaraga olmoqchi
Фото: Getty Images

"Tottenhem" yarimhimoyachisi Konor Gallaher faoliyatini Turkiya chempionatida davom ettirishi mumkin.

Jurnalist Ekrem Konurning xabar berishicha, "Beshiktosh" klubi angliyalik 26 yoshli futbolchiga qiziqish bildirmoqda.

Qayd etilishicha, turkiyaliklar Konorni bir mavsumga ijaraga olish bo'yicha "Tottenhem"ga taklif yuborgan.

Ayni paytda "Beshiktosh" futbolchining o'zi bilan ham muzokara olib bormoqda.

Ma'lumot uchun, Gallaher "taqachilar"ga yil boshida "Atletiko"dan ko'chib o'tgan edi. Shundan buyon u londonliklar safida barcha turnirlarda 18 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol va 1 ta golli uzatma qayd etgan. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2031 yil yozigacha mo'ljallangan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Tottenhem Tottenhem
  • Besiktas Besiktas
Bugungi yangiliklar