"Manchester Siti" himoyachisi Abduqodir Husanov "Atletiko"ga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini bobosining vafot etgani sabab o'tkazib yuboradi. Bu haqida jurnalist Narzulla Saydullayev xabar berdi.
Qayd etilishicha, o'zbekistonlik futbolchi klubining Janubiy Koreyadagi yig'inini erta tark etishga ruxsat so'ragan. Hozirda Abduqodirning Toshkentda ekani aytilmoqda.
Husanov tez orada "shaharliklar"ning Manchesterdagi qarorgohida mavsumoldi tayyorgarlik yig'iniga borib qo'shiladi.
Avvalroq Abduqodir "Manchester Siti" bilan shartnomasini 2031 yilga qadar uzaytirgani ma'lum qilingan edi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi