"Manchester Siti" o'zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov bilan shartnomani uzaytirdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.
Yangilangan bitim 2031 yilga qadar amal qiladi. Shuningdek, Abduqodirning maoshi ham sezilarli darajada oshadi.
Ma'lumot o'rnida, Abduqodir 2025 yil yanvar oyida Fransiyaning "Lens" klubidan "Manchester Siti"ga ko'chib o'tgandi. Shu vaqt ichida himoyachi barcha musobaqalarda 47 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 marta gol urishga ham muvaffaq bo'ldi.
Qolaversa, "shaharliklar" safida Husanov Angliya kubogi va Angliya liga kubogini qo'lga kiritdi. Avvalroq Abduqodir mundialning eng tezkor futbolchilari o'nligidan o'rin olgani ma'lum qilingandi.

Foto: Manchester City
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi