Live
3
O'zbek

Nunes Yevropaga qaytish arafasida

Futbol
25 iyul, 05:10
Urugvaylik hujumchiga Turkiyaning "Beşiktaş" klubi qiziqish bildirmoqda.
Nunes Yevropaga qaytish arafasida
Foto: Getty Images

"Liverpul" sobiq hujumchisi Darvin Nunes Yevropaga qaytish arafasida turibdi. Bu haqda jurnalist Sasha Tavoleri xabar berdi.

Urugvaylik hujumchiga Turkiyaning "Beşiktaş" klubi qiziqish bildirmoqda. Tomonlar 27 yoshli futbolchini ijaraga olish bo'yicha kelishuvga erishish arafasida turibdi. Ijara shartnomasi kelasi mavsum oxirigacha amal qiladi.

Ma'lumot o'rnida, o'tgan mavsumning birinchi yarmida hujumchi Saudiya Arabistoni chempionatida 16 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 4 ta assist amalga oshirdi. Avvalroq Nunes faoliyatini "Barselona"da davom ettirishga tayyor ekani ma'lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Al-Hilal Al-Hilal
  • Besiktas Besiktas
Bugungi yangiliklar