35 yoshli belgiyalik yarimhimoyachi Kevin de Bryuyne shu yozda "Napoli"ni tark etishi mumkin. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, tomonlar futbolchining Neapol klubidagi hozirgi holati sabab hamkorlikni to'xtatishi mumkin. De Bryuyne hozirda "Napoli"ning asosiy futbolchilaridan biri hisoblanmaydi.
O‘tgan mavsum A Seriyada belgiyalik yarimhimoyachi 18 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 2 ta assist amalga oshirdi. Uning transfer narxi hozirda 8 million yevro deb baholanmoqda.
Avvalroq Kevin Eden Azarni ortda qoldirib, Belgiya milliy jamoasi to'purarlari ro'yxatida 2-o'ringa ko'tarilgani ma'lum qilingandi.