Faqat Romelu Lukaku Belgiya milliy jamoasida Kevin De Bruynedan ko'proq to'p kiritgan.
«Napoli»ning 34 yoshli yarimhimoyachisi JCH-2026 saralashidan o'rin olgan Qozog'istonga (6:0) qarshi o'yinda dubl va assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.
Natijada De Bruyne milliy jamoadagi gollarini 34 taga yetkazib, «Chelsi» va «Real» sobiq vingeri Eden Azarni (33) ortda qoldirgan holda to'purarlar ro'yxatida 2-o'ringa chiqib oldi.
Bu borada yaqqol yetakchi Romelu Lukaku sanaladi. «Napoli» hujumchisi Belgiya uchun 89 ta gol urg'an.
Oldinroq Memphis Depay Niderlandiya milliy jamoasi tarixidagi eng yaxshi to'purarga aylangani xabar berilgandi.