Yevropa qit'asida 2026 yildagi jahon chempionati saralashi bosqichi davom etmoqda.
J guruhida Belgiya oʻz maydonida Qozogʻiston darvozasiga 6 ta gol urdi.
«Qizil iblislar» safida Kevin de Bruyne dublga erishib, milliy jamoa toʻpurarlari roʻyxatida Eden Azarni ortda qoldirdi.
JCH-2026 saralashi. Yevropa
J guruhi. 6-tur
Belgiya — Qozogʻiston 6:0
7 sentabr. Anderlext. «Lotto-Park»
Gollar: De Bruyne (42, 84), Doku (44, 60), Raskin (51), Mene (87).
Oʻyindagi gollar va xavfli vaziyatlarni tomosha qiling: