Janubiy koreyalik futbolchi Li Kang In "Atletiko" vakiliga aylandi.
Madrid klubi 25 yoshli yarimhimoyachining "PSJ"dan transfer qilinganini rasman e'lon qildi. Tomonlar 2031 yil 30 iyungacha amal qiladigan shartnoma imzoladi.
Ma'lumot o'rnida, Kang In o'tgan mavsum Liga 1 doirasidagi 27 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 4 ta assist amalga oshirdi.
Avvalroq janubiy koreyalik futbolchining transfer summasi 35 million yevroni tashkil etishi, yana 5 million yevro esa bonuslar ko'rinishida "PSJ"ga to'lanishi ma'lum qilingan edi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi