Muborakning "Mash'al" klubi bosh murabbiyi Sergey Lushan jamoadagi moliyaviy holat haqida gapirib o'tdi.
"Bu mavzuda yigitlar bilan ko'p gaplashdik. Hammada pulga ehtiyoj bor, ammo hozircha kelishmovchiliklar yo'q. Vaziyat o'nglanishiga umid qilamiz.
Pul yetarli bo'lsa, sifatli futbolchilar ham shunga yarasha bo'ladi. Pul bo'lmasa, chempionat sifati pasayadi. Har yili qaysidur jamoada maosh kechikadi.
Hozir vaziyat juda og'irligini tushunib turibman. Yigitlar menga kelajak uchun ishlashga va'da berishdi", — dedi Lushan.
Avvalroq "Bunyodkor" bosh murabbiyi Ilyos Zeytullaev ham jamoasidagi moliyaviy holatga to'xtalib o'tgandi.