Bugun
48
O'zbek

Klopp: "Bu yangi davr boshlanishi"

Futbol
25 iyul, 03:05
Germaniyaning yangi bosh murabbiyi jamoaga qanday oʻyin uslubini singdirmoqchi ekani haqida gapirdi.
Klopp: "Bu yangi davr boshlanishi"
Foto: Getty Images

Germaniya milliy jamoasining yangi bosh murabbiyi Yurgen Klopp jamoaga qanday oʻyin uslubini singdirmoqchi ekani haqida gapirdi.

"Futbolchilar men bilan ular kutmagan imkoniyatlarga ega boʻlishlari mumkin, chunki men qat'iy qarorlar chiqarishni yaxshi koʻraman.

Men uchun eng muhimi — hammaga yoqadigan futbol oʻynashni istaydigan yigitlar bilan ishlash. Bu har doim ham darhol muvaffaqiyat keltirmaydi, ammo men milliy jamoa bilan ham shunday natijaga erishmoqchimanki, muxlislar uyiga qaytayotib: "Bu haqiqatan ham go'zal futbol", deb gapirishsin.

Buning uchun bir nechta muhim omillar kerak. Milliy jamoa libosini kiyish sharafiga ega bo'lgan har bir futbolchi bor kuchini berishi shart.

Men hammani diqqat bilan kuzataman. Hozircha hech kimning ustiga chiziq tormayapmiz, chunki bu yangi davr boshlanishi", — dedi Klopp yangi lavozimdagi ilk matbuot anjumanida.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Germaniya Germaniya
Bugungi yangiliklar