Nemis mutaxassisi Yurgen Klopp Germaniya milliy jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlanganini tasdiqladi.
«Buni rasman e'lon qilish vaqtiga unchalik ham uzoq qolmadi. Ideal holatda bu yaqin bir necha kun ichida sodir bo‘ladi», — dedi Klopp. Uning so‘zlarini Fabritsio Romano Magenta TVga tayanib keltirdi.
Avvalroq OAVda 59 yoshli mutaxassis 24 iyul kuni Frankfurt shahrida Germaniya futbol ittifoqi bilan shartnoma imzolashi haqida xabarlar tarqalgan edi. Kelishuv 2030 yilgi jahon chempionatiga qadar amal qilishi kutilmoqda.
Klopp 2025 yildan buyon Red Bull kompaniyasida xalqaro futbol aloqalari bo‘yicha direktor lavozimida ishlab kelmoqda. Uning ushbu tashkilot bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil oxirigacha mo‘ljallangan.
Eslatib o‘tamiz, Yurgen Klopp 2015–2024 yillar davomida Angliyaning «Liverpul» klubini boshqarib, jamoa bilan UEFA Chempionlar ligasi, Angliya Premyer-ligasi va boshqa nufuzli sovrinlarni qo‘lga kiritgan.