Ispaniya milliy jamoasi JCh-2026 finalida Argentina ustidan 1:0 hisobida (qo'shimcha bo'limlarda) g'alaba qozonib, jahon chempioni bo'ldi.
Natijada Ispaniya erkaklar va ayollar jamoalari bir vaqtning o'zida jahon chempioni hisoblangan tarixdagi birinchi davlatga aylandi.
«Qizil furiya»ning ayollar jamoasi 2023 yilda jahon chempioni bo'lgandi. Ular finalda Angliyani 1:0 hisobida mag'lub etishgan. Bu jamoa uchun ilk jahon chempionligi bo'lgan. Keyingi musobaqa 2027 yilda Braziliyada bo'lib o'tadi. Ayollar o'rtasidagi jahon chempionatlari 1991 yildan beri o'tkazib kelinmoqda.
Ma'lumot uchun, faqat ikki mamlakat erkaklar va ayollar o'rtasidagi jahon chempionatlarida g'olib chiqqan — Ispaniya va Germaniya. Nemislarning ayollar jamoasi 2003 va 2007 yillarda chempion bo'lgan, ammo erkaklar jamoasi bilan bir vaqtda emas.

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi