"Milan" hujumchisi Rafael Leau faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin.
Jurnalist Burhan Jan Terzining ma'lum qilishicha, "Galatasaroy" portugaliyalik 27 yoshli futbolchiga rasmiy taklif bilan chiqqan. Hozirda Leau ushbu variantni jiddiy ko'rib chiqmoqda. O'z atrofidagilari bilan Istanbulga ko'chib o'tish ehtimolini muhokama qilmoqda.
Jahon chempionati boshlanishidan oldin Leau "Milan"ni tark etib, boshqa chempionatda o'z kuchini sinab ko'rish istagi borligini ochiq aytgan edi.
Transfermarkt ma'lumotiga ko'ra, uning bozor qiymati 50 million yevroga baholanmoqda.
Eslatib o'tamiz, "Galatasaroy" o'tgan mavsum Turkiya Superligasi chempioni bo'lib, musobaqa jadvalida "Fenerbahche"ni uch ochkoga ortda qoldirgan.