Musobaqadagi barcha futbolchilar uch kategoriyada — hujum, yaratish va himoya harakatlarida 10 ballik tizimda baholandi.
Fransiya milliy jamoasi forvardi Kilian Mbappe 9.12 ball bilan hujum vakillari reytingida eng yaxshi bo‘ldi — forvard 8 ta o‘yinda 10 ta gol urdi va musobaqa to‘purariga aylandi.
Angliya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Jud Bellinghem 8 ta o‘yinda 7 ta gol bilan ikkinchi (8.29), 8 ta bahsda 8 ta gol urgan Argentina milliy jamoasi forvardi Lionel Messi (8,06) TOP-3ni yakunlab berdi.
Eslatib o‘tamiz, AQSH, Meksika va Kanadada o‘tgan JCH-2026da tarixda birinchi marta 48 jamoa ishtirok etdi.
Avvalroq himoyaviy harakatlar bo‘yicha eng yaxshilar TOP-3dan Ispaniya milliy jamoasi vakillari joy egallagani hamda Olise «yaratuvchi»lar reytingida yetakchi bo‘lgani haqida xabar bergandik.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi